25.09.2024
Buyuk allomalardan biri — mashhur muhaddis (hadis ilmi olimi) Abu Iso Muhammad at-Termiziyning to‘liq ismi Abu Iso Muhammad ibn Savra ibn Muso ibn ad-Dahhok as-Sullamiy (umrining oxirlarida ko‘zi ojiz bo‘lib qolganligidan ad-Dariyr taxallusi bilan ham atalgan) at-Termiziy bo‘lib, u hijriy hisobda 209 (milodiy 824) yilda Termizda, uncha badavlat bo‘lmagan oilada tavallud topdi. Uning yoshlik yillari Termiz shahrida o‘tib, dastlabki ma’lumotni ham shu shaharda olgan. Bolaligidan o‘ta ziyrakligi, yodlash qobiliyatining kuchliligi va noyob qobiliyati bilan o‘z tengqurlaridan ajralib turgan at-Termiziy diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan egallagan va bu boradagi o‘z bilimlarini muttasil oshirish uchun ko‘pgina Sharq mamlakatlarini ziyorat qilgan. Jumladan, u uzoq yillar Iroqda, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan.
Imom Termiziyning yozgan asarlari juda ko’p, lekin ular ichida eng taniqlisi va shoh asari “Sunani Termiziydir”. Muhaddis kitoblarini 51 ta mavzuga bo’lganlar. Mavzular ichidagi jami boblar soni 2231 tani tashkil qiladi. Hadislar soni esa 3956 tadir. Turli xil nusxalar e’tiboridan farqlanishi mumkin. Imom Termiziy bu kitobdagi uslublari birinchi hadisni keltiradilar keyin fiqhiy hukmga aloqador masalalarni keltirib, olimlarning shu borasida qanday yo’l tutganini ham yoritib o’tadilar. Qolaversa o’sha hadisga sahih, hasan, zaif deb darajasini va boshqa roviylar rivoyat qilgan yo’llarini ham keltirgan. Bu uslublari orqali ustozlari Imom Buxoriyning hadisning fiqhini bayon qilish yo’lini tutgan.
“Sunani Termiziy” — 6 ta ishonchli hadis toʻplamidan biri. Abu Iso Muhammad Termiziy yozgan. “alJomiʼ assaqih” (“Ishonarli toʻplam”), “alJomiʼ ulkabir” (“Katta toʻplam”) nomlari bilan ham yuritiladi. ” Sunani Termiziy” Termiziyning 20yil davomida oʻzga yurtlarda hadislarni oʻrganib, yigʻib, soʻng ustozi va zamondoshi Buxoriy bilan maslahatlashib yiqqan toʻplamidir. U tartibi eng ixchamligi, takrori eng ozligi bilan ajralib turadi. Unda boshqa hadis kitoblarida uchramaydigan xususiyatlar bor. Hadis to’plamlari ichida o’zining hadis borasida barcha ilmlarni qamrab olishi bilan ajralib turadigan eng mashhur asar – “Sunani Termiziy”dir.
Sunani Termiziyning ushbu asari
1. Sahihut termiziy
2. Al-Jami as-sahih
3. Al-Jomiul kabir
4. Sunan yoki Sunani Termiziy
5. Al-Jome yoki JomiutTermiziy degan nomlari bilan mashur bo’lgan.
Unga milodiy XIX XX asrlarda yozilgan eng mashhur sharhlar va hoshiyalarni quyida zikr qilamiz:
1.“Hoshiyatun a’la Jaami’ Termiziy”. Shayx Ahmad ibn Aliy ibn Lutfulloh As-sahoronfuriy (1879v)
- “Jaizatush sha’vaziy sharhi Jaami’ Termiziy”. Shayx Badi’uzzamon ibn Masihuz-zamon Al-laknaviy (1986v). Bu kitob qisqa sharhi bilan birga Sunani Termiziyning urdu tiliga tarjimasi hisoblanadi.
- “Alkavkobud durriy a’la Jaami Termiziy” Shayx Muhammad Yahyo Kandehlaviy (1915v). Bu kitob Shayx Rashid Ahmad Ganguhiy rohmatullohi alayhning tahqiqlari va ma’lumotlari majmuasi bo’lib o’zida Jomi Termiziyning hadislari va sanaddagi rijollar haqida ko’p foydalarni va qiymatli nozik tafsilotlarni qamrab olgan. Bu kitob nashr qilingan
- “Takmilatu sharhi Jaami termiziy lishshayx Baadiuzzamon” Shayx Vahiyduzzamon ibn Masihuz-zamon Al-laknaviy (1919v)
- “Taqrirotu a’la sunani termiziy” Shayx Mahmud Hasan ibn Zulfiqor Ad-devbandiy (1920v)
- “Al-arfush shaziy a’la Jaami Termiziy”, Shayx Muhammad Anvar Shoh Kashmiriy (1933v). Bu asar Sunani Termiziy hadis majlisida shayx tomonidan yoizb olingan imlo sharhlaridir.
- “Tuhfatul ahvaziy bisharhi Jaami Termiziy”, Shayx Muhammad Abdurrohman Al-Muborakfuriy (1934v).
- “At-tiybush shaziy a’la Jaami Termiziy” Shayx Ishfoqur Rohman Kandehlaviy (1957v). Bu asar oxirigacha yozib tugatilmagan, namoz boblarining oxirigacha yozilgan. Bir jild holida nashr qilingan.
- “Ma’arifus Sunan sharhu Sunani Termiziy”, Shayx Muhammad Yusuf Bannuriy (1976v). Shayxi Muhammad Anvarshoh Kashmiriy rohmatullohi alayhdan olgan malumotlar asosida ta’lif qilgan. Bu sharh juda ham manfaatli yaxshi sharhlardan hisoblanadi, lekin bu sharh ham oxirigacha yetmagan. Shorih rohmatullohi alayh “haj boblari” oxirigacha yozib tugatgan xolos. Bu asar olti mujallad qilib chop qilingan
- “Sharhi Jaami Termiziy”, Shayx Abdulqodir ibn Ismoil Alhusniy Alqodiriy.
- “Ithafut tolibil ahvaziy bisharhi Jaami Termiziy”, Shayx Muhammad ibn Ali ibn Odam Al-asyubiy Al-vallaviy (2020v). Bu sharh ham “Sunani Termiziy”ga yozilgan eng foydali sharhlaridan bo’lib muallif rohmatullohi alayh bu sharhni yozishda g’oriybul hadisga, hadis ma’nolarini izohlashga, hadisdan istinbot qilinadigan fiqhiy masalalarni ochiqlashga, hadisga xos bo’lgan foydalarni, nozik ma’nolarni zikr qilishga va Imom Termiziy rohmatullohi alayhnning: “ “و في الباب عن فلان degan qavllarini tafsir qilishga katta e’tibor qaratgan.
- “Tuhfatul alma’iy sharhi Sunani Termiziy”, Shayx Muftiy Said Ahmad Palanfuriy (2019v) Bu kitob urdu tilida keng bayon qilingan asar bo’lib, muallif rohmatullohi alayhning “Darul ulum Devband” dagi masjidda imlo qilib bergan darslaridan jamlanib kitob holiga keltirilgan. Bu asar katta sakkiz jildlik kitob qilib nashr qilingan.
- “Darsi Termiziy” Alloma shayx Muhammad Taqiy Usmoniy. Bu asar “Karachidagi islomiy ilmlar markazi”dagi Sunani Termiziydan qilgan imlo holatida o’tilgan darslarining majmuasidir. Shayx Taqiy Usmoniy hafizahullohning shogirdlaridan biri bu majmuani tahqiq qilib, ta’liq qilib jamlagan. Bu asar o’zida ilmiy nodir qimmatli ma’lumotlarni jamlaydi. Hozirda chop qilingani uchta jild bo’lgan. Agar hamma darslari jam qilinib nashr qilinsa olti jild yoki undan ko’proq bo’lishi mumkin.
- “Taqrirut termiziy” Bu asar ham alloma Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahullohning qalamiga mansub bo’lib, dars holatida o’tilgan. Bu asarga Sunani Termiziyning “Savdolar bobi” dan boshlanib “Libos bobi” gacha bo’lgan sharhlari kiritilgan, lekin bu asar hali hanuz qo’lyozma holida saqlanmoqda.
Yuqorida zikr qilingan asarlar XIX XX asrlarda “Sunani Termiziy”ga yozilgan eng mashhur sharh va hoshiyalardir hisoblanadi.
Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy
orta maxsus islom bilim yurti o‘qitivchisi
Sabirbaev Ilyas Asematdinovich