“MUHAMMAD IBN AHMAD AL-BERUNIY” O‘RTA MAXSUS ISLOM BILIM YURTI

Bilim yurtida talabalar zamon talablariga mos bilim olishi uchun barcha qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Xususan, eng zamonaviy o‘quv qurollari bilan jihozlangan o‘quv xonalari, axborot-resurs markazi, tahoratxona, oshxona, yotoqxona, sport zali, mini futbol maydonchasi, salomatlik xonasi, sartaroshxona talabalar ixtiyorida.

“Qur’oni karim va tajvid” pullik o‘quv kurslari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma`rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 16 apreldagi PF-5416-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturining 6-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2018 yil 30 apreldagi 01A/056-sonli buyrug‘i tasdiqlandi. Shu munosabat bilan Muhammad ibn Ahmad al-Bernuiy madrasasida 2018 yil 10 iyundan boshlab “Qur’oni karim va tajvid” o‘rgatish bo‘yicha pullik o‘quv kurslari tashkil etildi.

Axborot resurs markazi

“Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” orta maxsus islom bilim yurti axborot resurs markazi fondida jami 17756 ta kitob saqlanmoqda. Shundan, 1505 umumta`lim adabiyotlari, 4085 ta maxsus fanlardan darslar, 764 ijtimoiy-iqtisodiy adabiyotlar, 7340 ta ilmiy-ommabop adabiyotlar, 919 ta elektron adabiyotlarni tashkil etadi.

Kurslar

2018-jıl 10-iyunnan baslap “Quranı kárim hám tájwid” úyretiw boyınsha pullı oqıw kursları shólkemlestirildi.

Talabalar

Búgingi kúnge kelip bilim jurtında 148 talabaǵa 21 oqıtıwshı tárepinen tálim-tárbiya berip kelinbekte.

Jetiskenliklerimiz

Bilim jurtı oqıtıwshıları hám talabaları ótkerilip kelinetuǵın túrli taǹlawlarda qatnasıp joqarı orınlardı iyelep kelmekte.

IMOM TERMIZIYNING HAYOTI VA IJODI

Ibnul Asir Jomeul usul kitoblarida Imom Termiziyning to’liq ismini Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Musa ibn Zohhak al-Bug’iy as-Sulamiy at-Termiziy deb keltiradi. “Abu Iso” degan kunyasi bilan mashur bo’lgan. At-Termiziy deyilishining sababi Movarounnahrdagi ma’lum va mashhur shaharga nisbatan aytiladi. Al-Bug’iy deyilishining sababi o’zlari tug’ilgan Termiz qishloqlaridan biriga nisbatan aytiladi.

             Tug’ilishi va vafoti: hijriy 209-yili tug’ilgan va 279-yilda dushanba kuni, rajab oyining 13-kuni Termizda vafot etgan. Ba’zilar ismlaridan keyin “zarir” deb ham qo’shib qo’yadi. Zarir degani ko’zi ojiz degan ma’noni anglatadi. Chunki umrlarining oxirida ko’zlari ko’rmay qolgan. Imom Hokim men Umar ibn Ilkdan eshitdim Imom Buxoriy vafot etdi. Endi Xurosonda ilmda, hifzda, taqvoda va zuhdda Abu Isoga o’xshashi qolmadi. Juda ko’p yig’laganidan ko’zlari ojiz bo’lib qoldi. Ulamolarning maqtovlari: Samoniy Ansob kitobida Imom Termiziy hech qanday raqobatsiz zamonasining imomi edi. Zehn o’tkirligida, yodlash qobilyati kuchliligida zarbul masal edi.

           Imom Buxoriy, ustozi bo’lsalar ham u kishiga qarata sen foida olganingdan ko’ra men ko’proq foida oldim degan. Abul Fido Al-Muxtasar kitobida, Imom, Hofiz, ko’zi ojiz, hadis ilmida ergashilinadigan mashhur hadis olimlaridan edi. Juda ko’p kitoblar ta’lif etgan. Yozgan kitoblari ham u kishini na qadar yetuk olim ekanligini, ilm doirasing ham kengligiga dalolat qiladi. Ular:

1. Kitabut tarix

2. Sunani termiziy

3. Kitabul ilal

4. Ash-Shamoil

5. Asmaus sahoba

6. Kitabul jarh va ta’dil

7. Kitabuz zuhd

8. Kitabul asma val kuna

9. Kitabut tafsir

10. Rubaiyat fil hadis

11. Al-Ilalus sag’ir

12. Kitabun fil asaril mavqufa

             Imom Termiziy rohmatullohi alayh dastlabki ilmni tug’ilib o’sgan joyning shayxlaridan olgan. 235-yillar atrofida 25 yoshidaturli xil shaharlar Xuroson, Iroq, Hijoz va boshqa diyor olimlaridan ilm tahsil qilganlar. O’z o’rnida eng buyuk olimlardan dars olgan. Natijada zamonasining yetuk imomlaridan bo’lib yetishdi. Xususan mashhur ustozlaridan saxix to’plam sohibi Imom Muslim ibn Hajjoj Qushayriy, Sunani Abu Duvud sohibi Sulaymon ibn Ash’aslar bilan ko’rishib ilm olgan va hadis rivoyat qilgan. Hadislar va roviylaring holatini esa eng katta ustozi hadisda mo’minlarnig amiri deb atalgan Muhammad ibn Ismoil Buxoriydan olgan. Ancha muddat ustozini etagini tutib juda ko’p ilmu fazlidan bahramand bo’lgan.

Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy

orta maxsus islom bilim yurti o‘qitivchisi

 Muxammatdinov Asamatdin Tajetdin uli