Insoniyat bor ekan Alloh Taolo tomonidan in’om etilgan ota-onalik bahtiga muyassar bo’ladi. Buning uchun yaratganga behisob shukronalar bo’lsin. Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ko’plab ma’lumotlar ichida dilni hira qilguvchilari ham afsuski uchrab turibdi. Achinarlisi shuki, ular ichida ota-onalarga farzandlarning salbiy munosabatlari mavzularida ham real matereallarning borligidir.
Har bir ota va har bir ona borki ularning boshidan hamma biladigan voqealar bo’lib o’tadi. Bu hayotiy voqeliklarni har bir otalikka va onalikka erishgan kishi uzluksiz hikoya qilish qudratiga ega. Yoshimiz kattayar ekan ko’p insonlar aytsalar ajabmas: Essiz onangni senga homiladorlik vaqtlaridagi kechirmalarini bilganingda edi. Sen sen hali dunyoga kelmagan vaqtingdayoq o’tgan bedor tunlar. Essiz jilmaygan yuzlaringga qarab bir olam quvonchlarga to’lganlarimiz. Bularni men o’sha vaqtlarda qog’ozlarga kerak bo’lsa suratlarga tushirib ovozli yozuvlarda saqlagan bo’lganimda edi degan bo’lsalar. Do’stim ota-onangizni o’tmishdagi azoblarini yodiga tushishiga yo’l qo’ymang. Men ham InshaAlloh hozirda bir nafar farzandga yosh otaman. Keling hozir siz bilgan va bilmagan narsalar bilan ozroq o’rtoqlashamiz.
Tug’ulish bu sizning hursandchiligingiz bo’ladi, bu albatta qachondir sizni o’yga soladi, kayfiyatingizni ko’taradi, shukronalikka bo’lgan ruhiyatingizni yanada boyitadi. Lekin farzandni dunyoga kelishidagi volidaning quvonchi kabi quvonch, hursandchilik hech kimda bo’lmaydi. 9 oy, bu shunchaki og’izda aytish emas. Ushbu 9oy vaqtni bedorlikka, uyqusiz va ko’plab bezovtalik kunlari demakdir. Ota yoki oanangizga biror yoqmaydigan gap qilsangiz “Sen ham o’zindan o’zing kata bo’lib qolmagansan” deyishadi. Do’stim sizni parvarish qilish, haloldan yedirish, kiydirish uchun ular ham keragidan ortiqroq tirishib tirmashhib harakat qilishgan. Kerak bo’lsa faqat siz uchun yemish topib o’tkazgan kunlari ham bo’lgan. Agar otangiz, onangizni buyurgan yumushi og’irlik qilsa, malol kelsa bir narsani o’ylab ko’ring, sizni yumushingiz uchun ular kun yoki tun deb farqlashishganmi? O’ylanasiz hattoki bilmadim deb javob berishingiz ham mumkin. Bilmadim deb javob berganlarlar hali hech nima bilmaslardir. Ota-onaning yoshi ulg’ayishi ularga nisbatan jirkanish hissiyotlari bilan qarashlikkacha borganlarni ham eshitgan bo’lsangiz kerak. Ularga nisbatan gap shuki, sizni yoshlikdagi injiqligingizga ko’nish bu ota-onangizni so’ngi vazifa bo’lmagan. Sizni ustingizga yarashtirib kiydirib qo’yilgan ishtonchangizni ham sizga qo’shib tozalash vazifalarini hech bir jirkanishsiz bajarishgan. Nima uchun qo’ldan kuch ketganda, kerak bo’lsa ozuqani chaynab og’zimizga slogan onamizni malol olishimiz kerak. Ularga bo’lgan rahmatimiz yoshi ulg’zyganda zahmatga qo’yish bo’lishi kerakmi? Nima uchun volidani yoshlikdagi zahmat yetmaganidek ulg’ayganimizda ham zahmatga, qiyinchilikka tashlab qo’yishimiz kerak. Ahir dunyoga keltirib olganidan keying zahmatni birni deb yenganku. Biz uchun taqdir qiyinchiliklarini qiyinchilik sanamaganku. U ham kerak bo’lsa o’zi uchun yashashi mumkin edi. Biling ota va onaning uvoli judda qattiq azob beradi. O’ylab ko’ring hasta bo’lsa ham ota-onam yonimda bo’lsa edi deganlar yo’qmi? Har bir kunni umid bilan kutib qadamlarga intizor bo’lgan bolalar, bolalar uylarida kun kechirayotganlar yo’qmi? Ota-onasini o’z qo’llari bilan qariyalar uylariga topshirayotganlarga hayf. Ne umidlarda ulg’aytirgan volidangizni sizga bergan oq suti uvol. Siz onangizni og’ir oyoqdalik chog’idagi bir martalik tortgan ohiga yarasha emassiz. Nima uchun bunday gapiryapsiz deb o’zingizni oqlash paytida bo’lsangiz sizga bir rivoyatni aytib beraman.
Bir kuni payg’ambarimiz oldiga sahobalaridan biri kelib, yo Rosulolloh men onamni hopichlab makkani 70 marta ziyorat qildirsam undan qarzim uziladimi deganlarida, Rosulolloh hazrati shunday degan ekan. Sen bu amaling bilan volidangni tug’ruq vaqtida bezovta qilgan bir martalik og’riqni haqqini ham ado qilolmaysan dedilar.
Hozirgi kunda ko’pchiligimiz uydamiz. Vaziyatdan foydalanib qoling. Bugun volidangiz yoniga borib, onajonim deb mahkam quchoqlab, men sizni yaxshi ko’raman deb ayting. Bu sizga unchalik ahamyatli emasdur. Lekin shu bilan siz yana bir bor volidangiz bahtli ekanligini his etishiga sababchi komil farzandlardan bo’lasiz.
Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o’rta maxsus islom bilim yurti talabasi Cho’lponov Hojimurod