“MUHAMMAD IBN AHMAD AL-BERUNIY” O‘RTA MAXSUS ISLOM BILIM YURTI

Bilim yurtida talabalar zamon talablariga mos bilim olishi uchun barcha qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Xususan, eng zamonaviy o‘quv qurollari bilan jihozlangan o‘quv xonalari, axborot-resurs markazi, tahoratxona, oshxona, yotoqxona, sport zali, mini futbol maydonchasi, salomatlik xonasi, sartaroshxona talabalar ixtiyorida.

“Qur’oni karim va tajvid” pullik o‘quv kurslari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma`rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 16 apreldagi PF-5416-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturining 6-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2018 yil 30 apreldagi 01A/056-sonli buyrug‘i tasdiqlandi. Shu munosabat bilan Muhammad ibn Ahmad al-Bernuiy madrasasida 2018 yil 10 iyundan boshlab “Qur’oni karim va tajvid” o‘rgatish bo‘yicha pullik o‘quv kurslari tashkil etildi.

Axborot resurs markazi

“Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” orta maxsus islom bilim yurti axborot resurs markazi fondida jami 17756 ta kitob saqlanmoqda. Shundan, 1505 umumta`lim adabiyotlari, 4085 ta maxsus fanlardan darslar, 764 ijtimoiy-iqtisodiy adabiyotlar, 7340 ta ilmiy-ommabop adabiyotlar, 919 ta elektron adabiyotlarni tashkil etadi.

Kurslar

2018-jıl 10-iyunnan baslap “Quranı kárim hám tájwid” úyretiw boyınsha pullı oqıw kursları shólkemlestirildi.

Talabalar

Búgingi kúnge kelip bilim jurtında 148 talabaǵa 21 oqıtıwshı tárepinen tálim-tárbiya berip kelinbekte.

Jetiskenliklerimiz

Bilim jurtı oqıtıwshıları hám talabaları ótkerilip kelinetuǵın túrli taǹlawlarda qatnasıp joqarı orınlardı iyelep kelmekte.

Bemazhablikdan saqlaning

Muoviya ibn Abu Sufyon Rosululloh s.a.v.dan rivoyat qiladilar: ”Alloh azza va jalla qaysi bir bandasiga yaxshilikni ravo korsa uni dinda faqih qilib qoyadi” yani dinni nozik eng daqiq joylarigacha tushunadigan qilib qoyadi.

            Mazhab arab tilida “ketdi”, “yonalish”, “yol” degan manoni bildiradi. Nabiy s.a.v.ning davrlarida hozirgi tortta mazhab bolmagan. Lekin sahobalarning ozlarini mazhablari bolgan.  Istilohda esa, mazhab sozi “biror bir diniy masalani muayyan mujatahid olim  tomonidan favto yuzasidan hal qilib berilganiga mazhab “ deyiladi.

            Rasululloh s.a.v.ning davrlarida shariatga doir masala chiqib qolsa, Nabiy s.a.v. uni hal qilib berganlar. Sahobolar esa,  u zotdan sodir bolgan ishni gapni qattiq ehtimom bilan qabul qilishgan. Hayotiga tatbiq qilishgan.

            Bazida Rasululloh s.a.v. sahobalarga buyurgan ishlarini ular har xil tushunishgan. Unga misol Rasululloh s.a.v. bani Quroyzaga qoshin yuborayotgan paytda  aytdilar:” Kim Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirgan bolsa, asrni faqat bani Quroyzada oqisin”- dedilar. Buni eshitib sahobalar shoshilib qolishdi. Bani Quroyzaning yeriga yetmasdan asr kirgan paytida sahobalar Rasululloh s.a.v. ning haligi buyruqlari ustida tortishib qolishdi. Bir toifa  Rasululloh s.a.v bani Quroyzada oqinglar dedilar sozma-soz bajarishimiz kerak deyishdi. Vaqt otib ketsa ham bani Quroyzada oqiymiz deb tushunishdi. Bazi sahobalar esa, yoq Rasululloh s.a.v.  bizni tezroq chiqib   ketinglar degan maqsadda aytdi deyishdi. Shunda sahobalar ikkiga bolinib bazilari yolda bazilari bani Quroyzada asrni oqishdi. Rasululloh s.a.v. ga buni xabarini berishganda Rasululloh s.a.v. ikkovlariz ham togri tushunibsizlar dedilar.  Mana Rasululloh s.a.v. ning bitta sozlarining ustida sahobalar ijtihod qilishdi.

       Rasululloh s.a.v. Muoz ibn Jabalni Yamanga yuborayotib soradilar: Agar sizga biror bir yangi masala chiqsa qanday javob berasiz?U kishi aytdi: Allohning kitobidan hukm olaman. Shunda Allohning rasuli: agar Allohning kitobidan topolmasangiz-chi dedilar. U zot : Rasululloh s.a.v. ning sunnati bilan dedilar.Agar kitobdan ham sunnatdan ham topmasangiz-chi- dedilar Rasululloh s.a.v. Shunda Muoz unda ijtihod qilaman dedilar. Shunda Rasululloh s.a.v. xursand bolib Rasululloh s.a.v.ning elchisini Rasululloh s.a.v. rozi boladigan narsaga muvaffaq qilgan Allohga hamd-u sanolar bolsin dedilar.

Rasululloh s.a.v. dan keyin biror bir yangi masala chiqsa yangi islomga kirganlar sahobalardan sorashardi.

          Bugungi kunga kelib bazi bir toifalar mazhabni Abu Hanifaning o’zi yoki Shofeiyning o’zi chiqarib olishgan deyapti. Aslida ularning bu davolari xato hisoblanadi. Imom Ahmad ash-Sharoviy (973 vafot etgan) “Al miyza ash-Sharoviyya” kitobida mazhablar haqida shunday deydi: “Aslida sahoba va tobeinlar davrida mazhablar soni 18 ta bolgan. Ularning barchasi bir muddat amalda bolgan lekin vaqt otishi bilan, 4 ya yirik mazhab saqlanib qoldi. Bularning saqlanib qolish sababi bu mazhablar qolgan 14 ta mazhabning barchasini qamrab olgani uchundir. Va asrlar davomida insonlarni turli  ziddiyatlar va ixtiloflardan saqlab kelish asosida bolgan”.

                Mazhab kerakmi zarurmi deyilsa ulamolar zarur shart deydi. 2-3 asrlarda arab bolmaganlar islomga kelishdi. Ularga dinni orgatish kerak edi. Ular til bilmaydi ilm yoq edi. Bilgan odamlar sorashi kerak edi. Mana shunday qilib insonlarga dinni orgatadigan insonlar chiqa boshladi. Ular faqihlar edi. Keyinchalik mana shu javoblar asosida butun-butun kitoblar talif qilindi. Bu 4ta mazhab  firqa yaratish  uchun emas balki  musulmonlarni quron va sahih hadisga qaytarish uchun kelishgan.

Hanafiy mazhabi deyilganda Abu Hanifaning usul va qoidalari orqali islom shariatiga amal qilish tushuniladi. Yani Abu Hanifaning shaxsiy fikriga yurilmadi. Xuddi shuningdek, Shofeiy mazhabi deyilsa Shofeiy qoyilgan usul va qoidalar tushuniladi. Islom shariatiga mazhab zarur sababi, islomni tushunishda muayyan usul va qoidalar yani metodologiya qoyilmasa, shariatni hamma ozicha talqin qiladi. Masalan jihodni hamma ozicha tushunib ketsa, qotillikka aylanib ketadi. Yoki jinoyat qilib qochayotgan odam qochganini hijrat deyapti. Islomni muqaddas tushunchalaridan ozining manfaati yolida foydalanyapti. Masalan bir oyatning manosini yigirma xil tushunish mumkin. 20 ta odam yigirma xil manoni ushlab olsa, nima boladi? Islom qolmaydi. 20 ta manodan mazhab usuliga kora bitta yoki ikkita mano olinadi. Osha mano bizni birlashtiradi. Sahobalar davrida ham oyat va hadislarni hamma bir xil tushunmagan. Sahobalar ozicha tushunib amal qilayotganda Rasululloh s.a.v. hoy toxtanglar buning asli manosi mana bunday deb tushuntirganlar. Alloh taolo aytadiki: “ Iymonini zulmga aralashtirmaganlar ana oshalar najot topadi” – deb marhamat qiladi. Bu oyatni sahobalar oqib xavotirga tushadi. Rasululloh s.a.v. dan bizdan zulm qilmagan kim bor yani hamma ozgina bolsa ham zulm qilgan-ku deyishganda Rasululloh s.a.v. bu yerdagi zulmdan murod shirkdir deydila. Chunki, Quronda bunga dalil boladigan boshqa bir oyat bor “ Eng katta zulm bu shirkdir”degan. Rasululloh s.a.v. tirikligida odamlar borib sorab olishardi. Rasululloh s.a.v. vafotlaridan keyin sahobalar shogirtlariga talim bergan.

      Hozirgi kunda bazi bir qoshtirnoq ichidagi ozini shayx deb nomlagan kimsalar mazhab kerak emas. Bizga kitob va sunnatning ozi yetarli deydi. Bunda hazrat Ramazon Butiyning gaplaridan iqtibos keltirsak masalan u zot aytadilar: “Mazhab kerak emas deydigan kimsalar nega unda  kasal bolganda ozlari tabobatga oid kitoblarni oqib ozlarini davolamaydi. Yoki uy qurmoqchi bolgan odam nega uyni arxitektorga chizdiradi axir ozi ham chizishni biladi-ku. Demak, mazhab ham hayotimizga shunchalik muhim hisoblanadi”

       Shunday ekan, bemazhab bo’lmaylik. Bu yo’lda adashayotgan diniy qardoshlarimizga Alloh taolodan tavfiq so’rab qolamiz.
Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy órta maxsus islom bilim yurti óqituvchisi Z.Sapashov