Bugungi kunda gʻarb xristianlari butun olamni nasroniylashtirish maqsadida ishlab chiqilgan missionerlik loyihasiga alohida urgʻu berilib, diyorimiz musulmonlarini oʻz dinlaridan chalgʻitish uchun tish-tirnoqlati bilan harakat qilishayotgani haqiqat. Albatta bu narsa qonunda ham jinoyat hisoblanishini ular oʻzlari bilishadi. Shuning uchun ham bu gʻarazli maqsadlarini amalga oshirishda jida nozik va ehtiyotkor yoʻldan yurishadi. Bizning ota-bobolarimiz musulmon boʻlishgani, davlatimiz asoslari ham garchi, demokratik mamlakat hisoblansak-da, islom tamoyillari negizida boshqarilishi ularning koʻrpasini qurityapti desak mubolagʻa qilmagan boʻlamiz. Baʼzi ilmsiz odamlar ularga ergashib qolayotgani esa dilimizni xira qiladi. Shu oʻrinda nega bizning diyorimizda missionerlik qoralanishi toʻgʻrisida ham bir ogʻiz gapirib oʻtsak. Bu borada islom olamida katta nufuzga ega olim bilan boʻlgan savol-javobni keltirishni loyiq deb topdik:
Savol: Nega baʼzi islomiy davlatlar oʻz aholisining Islomdan boshqa dinga oʻtishini taqiqlagan. Vaholangki, gʻayrimusulmon davlatlardan birortasida Islomga kirish taqiqlanmaganku?!
Javob: Tasavvur qiling, siz matematikaga ixtisoslashgan maktab ochmoqchisiz. Maktabda dars berish uchun oʻqituvchilarni tanlashingiz kerak. Bir oʻqituvchi kelib 2+2=3 deyapti. Boshqasi 2+2=5 deyapti. Boshqasi yana boshqa raqam. Ulardan faqat bittasigina 2+2=4 dedi. Siz ularning hammasini matematika maktabida dars berish uchun ishga ola olasizmi? Yoʻq albatta. Chunki siz aniq ishonasizki, ikkiga ikkini qoʻshsa aniq toʻrt boʻladi. Uch ham, besh ham emas. Endi qanday qilib oʻzingiz xato hisob deb ishongan odamingizni ishga olasiz? Siz hech qachon xato narsaga daʼvat qilinishiga rozi boʻlmaysiz, shunday emasmi?
Xulosa oʻrnida shuni aytishimiz mumkinki, bizning diyor azaldan musulmon boʻlgan. Azaldan islom arkonlari negizida hayot kechirgan. Shunday ekan, Alloh taolo bundan buyogʻiga ham bizni har xil fitnalardan saqlashiga ishonamiz va duo qilib qolamiz.
Muhammad Ibn Axmad al-Beruniy orta maxsus islom bilim yurti oqituvchisi Mamasoliev Jaloladdin