“Qur’oni karim va tajvid” pullik o‘quv kurslari to‘g‘risida

MA’LUMOT

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 16 apreldagi PF-5416-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturining 6-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2018 yil 30 apreldagi 01A/056-sonli buyrug‘i tasdiqlandi. Shu munosabat bilan Muhammad ibn Ahmad al-Bernuiy madrasasida 2018 yil
10 iyundan boshlab “Qur’oni karim va tajvid” o‘rgatish bo‘yicha pullik o‘quv kurslari
tashkil etildi.

O‘quv kurslariga seshanba va payshanba kunlari soat 09:00 dan
17:00 gacha
hujjatlar qabul qilinadi.

O‘quv kurslariga O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq o‘rta maktabni bitirganligi to‘g‘risidagi shahodatnoma (attestat 11-sinf), akademik litsey yoki o‘rta maxsus ta’lim muassasasi diplomiga ega bo‘lgan hamda 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari suhbat asosida qabul qilinadi.

Tinglovchilar diniy ta’lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • ta’limmuassasasirahbarinomigaariza;
  • pasport nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
  • 4 dona fotosurat (3×4 hajmdagi);

Ma’lumot uchun manzil: Nukus 230100, Nukus shahri, Bilimler guzari ko‘chasi, 1a-uy. Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o‘rta maxsus islom bilim yurti.

Telefon: +998 90 095 93 93. Seshanba va payshanba kunlari soat
09:00 dan 17:00 gacha murojaat qilishingiz mumkin.

e-mail: nukusal-beruni@mail.ru