Har qanday zamon va makon inson ilm deya atalmish ne’matni olishga muhtoj bo’lgan. Ilmiy kitoblarni o’qimiz o`rganamiz ammo, ularning qay tarzda bizgacha yetib kelgani haqida fikr yuritmaymiz. Vaholanki, aynan biz yashab turgan Movarounnahr qadimda ilm o’chogʻi bo’lgan. Ulug’ insonlarning hayotini o’rganar ekanmiz ular yozib qoldirgan ilmiy meroslarni bir kitob shakliga kelgan holatda koʻramiz. Agar biz bu kitoblarga teran nazar tashlasak, bir olimning mashaqqatli mehnati mevasi ekanligini guvohi bo’lamiz. Mana shunday olimlardan biri Imom Termiziy va uning zamondoshlaridir.
Sahih hadis to’plash va ularni tartibga solish bo’yicha nom qozongan abu Iso Termiziy milodiy 824 yilda Bugʻ qishlogʻida dunyoga kelgan. Yoshligidanoq hadis ilmiga kuchli qobilyati bo’lganligi tufayli, ilmning shu yolini puxta egallashga kirishdi. Manbalarga qaraganda u umrining salkam 30 yilini ilm yo’lida sarfladi. 30 yil muddat ichida dunyo tan olgan muhaddislar bilan birga bo’ldi. Imom Buxoriy, imom Muslim, abu Dovud va yana shu kabi yetuk ulamolar bilan birga bo’lgan. Taʼkidlash lozimki,ushbu ulamolarning orasida imom Termiziy bilan ko’p vaqt o’tkazganligi bilan ajralib turadigan imom Buxoriy alohida oʻringa ega. Albatta imom At-Termiziy Imom Muslim,Abu Dovud bilan ham uchrashgan bahs qilgan.Lekin hech qaysi bir olim bilan Imom Buxoriychalik yaqin boʻlmagan. Rivoyatlarga ko’ra abu iso Termiziy biron-bir hadisda sahihligini topa olmay ikkilanib qolsa Ismoil Muhammad bilan bahs qilar, bahs davomida hadis sahih yoki sahih emasligi yuzaga chiqar ekan.Xafiz Is’ardiy aytadi: abu Isodan hadis ahlining imomi Muhammad ibn Ismoil Buxoriy hadisi yozib olgan. Shuning o’zi Termiziyning faxriga kifoya qiladi degan.Darhaqiqat muhaddislarning sultoni Muhammad ibn Ismoil o’zi Termiziydan hadis rivoyat qilganligi Termiziyning naqadar ham ishonchli kishi ekanligiga dalildir. Imom Buxoriyning o’zi Termiziyga baho berib aytadiki: Sen mendan foyda olganingdan koʻra men sendan koʻproq foyda oldim deydi. Bu ikki muhaddislarning bir-biriga bergan samimiy maqtovi bir-biriga boʻlgan hurmatidandir. Bu insonlarni nafaqat ilm balki, taqvo bobida ham yetuk insonlar bo’lgan. Umar ibn Alk : Muhammad ibn Ismoil Buxoriy vafot etgach, Xurosonda ilm va taqvo bobida abu Isoga teng keladigan zot bo’lmagan deydi. Imom Buxoriy vafot etganligi xabari Imom Termiziyga yetib borganida Termiziy koʻp yig’laganligidan ikki koʻzi ko’rib boʻlib qolgan ekan.
Ushbu ulamolarning hayotining deyarli barcha qismi ilm yoʻlida sarflandi.Shu bois ham Alloh ularga baraka berdi.Oradan 1200 yil oʻtsa hamki ularning ismini tilga olar ekanmiz hali hanuz faxr hissini tuyamiz. Ulamolarimizning hayoti haqidagi keng tushunchaga ega bo’lganimiz sayin ilm yoʻlidan qanchalik toyilganligimizni anglab yetamiz. Alloh barchamizni ularga o’xshashlikka va ular kabi ilmli bo’lishligiga muyassar qilsin.Amin
Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o’rta maxsus islom bilim yurti o’qituvchisi A.Sapashov