“MUHAMMAD IBN AHMAD AL-BERUNIY” O‘RTA MAXSUS ISLOM BILIM YURTI

Bilim yurtida talabalar zamon talablariga mos bilim olishi uchun barcha qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Xususan, eng zamonaviy o‘quv qurollari bilan jihozlangan o‘quv xonalari, axborot-resurs markazi, tahoratxona, oshxona, yotoqxona, sport zali, mini futbol maydonchasi, salomatlik xonasi, sartaroshxona talabalar ixtiyorida.

“Qur’oni karim va tajvid” pullik o‘quv kurslari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma`rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 16 apreldagi PF-5416-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturining 6-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2018 yil 30 apreldagi 01A/056-sonli buyrug‘i tasdiqlandi. Shu munosabat bilan Muhammad ibn Ahmad al-Bernuiy madrasasida 2018 yil 10 iyundan boshlab “Qur’oni karim va tajvid” o‘rgatish bo‘yicha pullik o‘quv kurslari tashkil etildi.

Axborot resurs markazi

“Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” orta maxsus islom bilim yurti axborot resurs markazi fondida jami 17756 ta kitob saqlanmoqda. Shundan, 1505 umumta`lim adabiyotlari, 4085 ta maxsus fanlardan darslar, 764 ijtimoiy-iqtisodiy adabiyotlar, 7340 ta ilmiy-ommabop adabiyotlar, 919 ta elektron adabiyotlarni tashkil etadi.

Kurslar

2018-jıl 10-iyunnan baslap “Quranı kárim hám tájwid” úyretiw boyınsha pullı oqıw kursları shólkemlestirildi.

Talabalar

Búgingi kúnge kelip bilim jurtında 148 talabaǵa 21 oqıtıwshı tárepinen tálim-tárbiya berip kelinbekte.

Jetiskenliklerimiz

Bilim jurtı oqıtıwshıları hám talabaları ótkerilip kelinetuǵın túrli taǹlawlarda qatnasıp joqarı orınlardı iyelep kelmekte.

Fitnalardan ogoh bóling

Bugungi kunda gʻarb xristianlari butun olamni nasroniylashtirish maqsadida ishlab chiqilgan missionerlik loyihasiga alohida urgʻu berilib, diyorimiz musulmonlarini oʻz dinlaridan chalgʻitish uchun tish-tirnoqlati bilan harakat qilishayotgani haqiqat. Albatta bu narsa qonunda ham jinoyat hisoblanishini ular oʻzlari bilishadi. Shuning uchun ham bu gʻarazli maqsadlarini amalga oshirishda jida nozik va ehtiyotkor yoʻldan yurishadi. Bizning ota-bobolarimiz musulmon boʻlishgani, davlatimiz asoslari ham garchi, demokratik mamlakat hisoblansak-da, islom tamoyillari negizida boshqarilishi ularning koʻrpasini qurityapti desak mubolagʻa qilmagan boʻlamiz. Baʼzi ilmsiz odamlar ularga ergashib qolayotgani esa dilimizni xira qiladi. Shu oʻrinda nega bizning diyorimizda missionerlik qoralanishi toʻgʻrisida ham bir ogʻiz gapirib oʻtsak. Bu borada islom olamida katta nufuzga ega olim bilan boʻlgan savol-javobni keltirishni loyiq deb topdik:
Savol: Nega baʼzi islomiy davlatlar oʻz aholisining Islomdan boshqa dinga oʻtishini taqiqlagan. Vaholangki, gʻayrimusulmon davlatlardan birortasida Islomga kirish taqiqlanmaganku?!

Javob: Tasavvur qiling, siz matematikaga ixtisoslashgan maktab ochmoqchisiz. Maktabda dars berish uchun oʻqituvchilarni tanlashingiz kerak. Bir oʻqituvchi kelib 2+2=3 deyapti. Boshqasi 2+2=5 deyapti. Boshqasi yana boshqa raqam. Ulardan faqat bittasigina 2+2=4  dedi. Siz ularning hammasini matematika maktabida dars berish uchun ishga ola olasizmi? Yoʻq albatta. Chunki siz aniq ishonasizki, ikkiga ikkini qoʻshsa aniq toʻrt boʻladi. Uch ham, besh ham emas. Endi qanday qilib oʻzingiz xato hisob deb ishongan odamingizni ishga olasiz? Siz hech qachon xato narsaga daʼvat qilinishiga rozi boʻlmaysiz, shunday emasmi?

Xulosa oʻrnida shuni aytishimiz mumkinki, bizning diyor azaldan musulmon boʻlgan. Azaldan islom arkonlari negizida hayot kechirgan. Shunday ekan, Alloh taolo bundan buyogʻiga ham bizni har xil fitnalardan saqlashiga ishonamiz va duo qilib qolamiz.

Muhammad Ibn Axmad al-Beruniy orta maxsus islom bilim yurti oqituvchisi Mamasoliev Jaloladdin