“Qur’oni karim va tajvid” pullik o‘quv kurslari to‘g‘risida
MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 16 apreldagi PF-5416-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturining 6-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2018 yil 30 apreldagi 01A/056-sonli buyrug‘i tasdiqlandi. Shu munosabat bilan Muhammad ibn Ahmad al-Bernuiy madrasasida 2018 yil
10 iyundan boshlab “Qur’oni karim va tajvid” o‘rgatish bo‘yicha pullik o‘quv kurslari tashkil etildi.
O‘quv kurslariga seshanba va payshanba kunlari soat 09:00 dan
17:00 gacha hujjatlar qabul qilinadi.
O‘quv kurslariga O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq o‘rta maktabni bitirganligi to‘g‘risidagi shahodatnoma (attestat 11-sinf), akademik litsey yoki o‘rta maxsus ta’lim muassasasi diplomiga ega bo‘lgan hamda 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari suhbat asosida qabul qilinadi.
Tinglovchilar diniy ta’lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Ma’lumot uchun manzil: Nukus 230100, Nukus shahri, Bilimler guzari ko‘chasi, 1a-uy. Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o‘rta maxsus islom bilim yurti.
Telefon: +998 90 095 93 93. Seshanba va payshanba kunlari soat
09:00 dan 17:00 gacha murojaat qilishingiz mumkin.
e-mail: nukusal-beruni@mail.ru