“MUHAMMAD IBN AHMAD AL-BERUNIY” O‘RTA MAXSUS ISLOM BILIM YURTI

Bilim yurtida talabalar zamon talablariga mos bilim olishi uchun barcha qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Xususan, eng zamonaviy o‘quv qurollari bilan jihozlangan o‘quv xonalari, axborot-resurs markazi, tahoratxona, oshxona, yotoqxona, sport zali, mini futbol maydonchasi, salomatlik xonasi, sartaroshxona talabalar ixtiyorida.

“Qur’oni karim va tajvid” pullik o‘quv kurslari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma`rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 16 apreldagi PF-5416-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturining 6-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2018 yil 30 apreldagi 01A/056-sonli buyrug‘i tasdiqlandi. Shu munosabat bilan Muhammad ibn Ahmad al-Bernuiy madrasasida 2018 yil 10 iyundan boshlab “Qur’oni karim va tajvid” o‘rgatish bo‘yicha pullik o‘quv kurslari tashkil etildi.

Axborot resurs markazi

“Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” orta maxsus islom bilim yurti axborot resurs markazi fondida jami 17756 ta kitob saqlanmoqda. Shundan, 1505 umumta`lim adabiyotlari, 4085 ta maxsus fanlardan darslar, 764 ijtimoiy-iqtisodiy adabiyotlar, 7340 ta ilmiy-ommabop adabiyotlar, 919 ta elektron adabiyotlarni tashkil etadi.

Kurslar

2018-jıl 10-iyunnan baslap “Quranı kárim hám tájwid” úyretiw boyınsha pullı oqıw kursları shólkemlestirildi.

Talabalar

Búgingi kúnge kelip bilim jurtında 148 talabaǵa 21 oqıtıwshı tárepinen tálim-tárbiya berip kelinbekte.

Jetiskenliklerimiz

Bilim jurtı oqıtıwshıları hám talabaları ótkerilip kelinetuǵın túrli taǹlawlarda qatnasıp joqarı orınlardı iyelep kelmekte.

Axborot resurs markazi

“Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” orta maxsus islom bilim yurti axborot resurs markazi fondida jami 17756 ta kitob saqlanmoqda. Shundan, 1505 umumta’lim adabiyotlari, 4085 ta maxsus fanlardan darslar, 764 ijtimoiy-iqtisodiy adabiyotlar, 7340 ta ilmiy-ommabop adabiyotlar, 919 ta elektron adabiyotlarni tashkil etadi.

Axborot resurs markazi (ARM) va o‘quv zallarining zamonaviy texnika vositalari bilan to‘liq ta’minlangan. Kitoblarning mualliflari, chop etilgan nashri, yilidan iborat kataloglarni yuritish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bilim yurti har bitta o‘qituvchi va talabalar uchun maxsus formulyarlar ishlab chiqilgan, o‘qituvchi va talabalarning axborot resurs markazi o‘quv zalidan foydalanishi bo‘yicha daftar va oylik hisobotlari shaklida monitoring ishlari olib borilmoqda.

Axborot resurs markaziga yangidan kelgan adabiyorlar bilan tanishtirish ishlari muntazam amalga oshirilib kelinmoqda.

Maxsus va umumta’lim fanlardan yetishmaydigan adabiyotlarni hal etish bo‘yicha ham natijali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, maxsus fanlar bo‘yicha bilim yurti mudarrislar kengashining navbatdan tashqari majlisida ko‘rib chiqilib, unga muvofiq “Muxtasar al viqoya”,  “Durusun navhiya”, “Tahoviy sharhi”, “Bad’ul a’moliy” “Ta’lim mutallim”, “Fiqhul akbar sharhi” kitoblarini bilim yurti miqyosida ko‘paytirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilishi natijasida maxsus fanlarga bo‘lgan ehtiyoj qoplandi.

Umumta’lim fanlar bo‘yicha rus tili 70 dona,  XX asr rus adabiyoti 30 dona, Ingliz tili V-1, V-2 120 dona, Headway 50 dona, Matematikadan misol va masalalar 80 dona, Milliy istiqlol g’oyasi 30 dona, Shaxs va jamiyat 50 dona, Qoraqalpoq tili va adabiyoti 100 dona, Ma’naviyat asoslari 50 dona, Jahon tarixi 70 dona, O‘zbekiston tarixi 50 dona, Dinshunoslik 67 dona kabi yetishmaydigan adabiyotlar to‘ldirildi.

Bundan tashqari har xil mavzular va darsliklarga oid  jami 333 ta disklar jamlanmasi ham bilim yurti axborot resurs markazi hisobga olinib, qayd qilib borilgan. 

Jumladan:

– maxsus fanlar yo‘nalishi bo‘yicha  “Qur’oni karim”, “Qur’on ilmlari”, “Hadis va hayot”, “Mabda ul qiroat”, “Tafsiri xilol”, “Al adab al mufrad”, “Ibodati Islamiya”, “Muxtasar al viqoya” disklar;

– ilmiy ommabop yo‘nalishi bo‘yicha “Hikmatli dunyo”, “Ibratli dunyo”, “Odoblar bo‘stoni”, “Ruxiy tarbiya”, “Ijtimoiy odoblar”, “Ixtiloflar: sabablar yechimlar”, “Haj kitapi”, “Ramazon tuhfasi”, “Zikr ahlidan so‘rang”, “Vasatiya hayot yo‘li”  disklari;

– diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish va ularning oldini olishga qaratilgan “Afsun girdobi”, “O‘rgimchak to‘ri”, “Halol o‘g‘rilik”, “Zararli aqidalar”, “Qadriyatlar qadrlangan yurt”, “Osiy qavmlar qismati”, “Odnaklasniki.ru”, “Jasur”, “Fasohat ilmining sultoni”, “Tahdid”, “Aldangan ayol”, “Jaholat changalida”, “Tuzoq”, “Tubanlik” disklari mavjud.

Hozirgi zamon kompyuter va internet texnologiyalari asri sanaladi. Shundan kelib chiqqan holda  axborot resurs markazida eng so‘nggi rusumdagi 20 ta zamonaviy kompyuterlar mavjud. Hozirda internet tizimiga ulash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Bilim yurti axborot resurs markazida 22 ta parta, 25 ta stul va 45 ta kitob jovoni mavjud.