Imom Abul Hasan Aliy ibn Hamza ibn Abdullox ibn Bahman ibn Fayruz al-Kisoiy al-Kufiy asli nasabi Iroqlik forslardan boʻlgan. Kufada hijriy 120-yillarda tavallud topgan. Kisoiy deb nomlani- shiga sabab, Hamzaning darslariga kiyimga oʻranib kelishi, deyishadi. Boshqa malumotga koʻra esa libosda ehrom boǵlagani uchun «Kisoiy» deb atashgan.
Abu Abdulloh ham deyiladi.
Baǵdodning luǵat, nahv, qiroat imomlaridan hisoblanadi. Hamza az- Zayyotdan soʻng qiroat va arab tili imomi boʻldi. Abu Ubayd al-Qosim ibn Sallom «Kitob al-kiroat» asarida shunday deydi: Kisoiy qiroatlarni ixtiyor qilgan va Hamzaning qiroati usullaridan bazisini olib, ayrimlarini olmagan. U qiroat ahlidan edi. Kiroat borasida undan koʻra mustahkam va puxta hech kim bilan oʻtirmaganmiz».
Imom Shofeiy aytadi: «Kim nahv ilmiga shoʻnǵishni xohlasa, demak u Kisoiyning oilasidir». Kisoiy naxvni oʻrta yasharlik choǵlaridan oʻrgangan.
Baǵdodda Horun Rashid va uning farzandi Aminga ta- lim berdi. Xalifa Kisoiyni uluǵlagan va u haqida shunday degan: «Undan afzal va taqvodorrok, Kuron va arab tilini biluvchiroq hech bir kishini koʻrmadim».
Kisoiy «Maoniy al-Kuron», Al-mutashobih fil- Kuron», «Ma yalhanu fihil-arob», «Maktu al-Kuron», «Muxtasar fin-nahv», «Kitob an-navodir al-kabir val- avsat vas-saǵir», «Al-masodir», «Kitob al-huruf, «Al- kiroat», «Al-adad», «Al-hoat», «Al-hijo» nomli asarlar muallifi.
Ustozlari: Al-Amash Sulaymon ibn Mihron, Osim ibn Abu an-Najud, Hamza ibn Habib az-Zayyot (Hamzaga toʻrt marta Kuronni oʻqib bergan), Abu Bakr ibn Ayyosh, Muxammad ibn Saxl, Muhammad ibn Abdurrahmon ibn Abu Laylo, Iso ibn Umar al-Hamadoniylardan kiroatlar boʻyicha taxsil olgan.
Shogirdlari: Lays ibn Xolid Abul Horis, Abu Umar Hafs ad-Duriy, Abu Ubayd al-Qosim ibn Sallom, Ibro- him ibn Zozon, Ahmad ibn Abu Surayj an-Naxshaliy, Qutayba ibn mihron al-Asbahoniy, Yahyo al-Farro, Xalaf ibn Hishom, Ahmad ibn Jubayr al-Antokiy va boshkalarga kiroat sirlarini oʻrgatdi.Imom Kisoiy hijriy 189 yil Ray shaxrining Ranbuyax qishloǵida, Horun Rashidning oldida vafot etdi. Shu kuni Abu Hanifaning shogirdi Muhammad ibn al-Hasan ash- Shayboniy ham vafot etdi. Shunda Horun ar-Rashid: «Rayda fiqh va nahvni bir kunda dafn qildik», deydi.
Xatib Baǵdodiy «Tarixi Baǵdod» kitobida, Ibn Kasir «Al-Bidoya van-nihoya»da yozishicha, Abu Mishal shunday degan: «Men Kisoiyni tushimda koʻrib, unga: «Alloh senga qanday muomala qildi?» deb soʻradim. U: «Quron sababli meni maǵfirat qildi», dedi. Men: «Hamzaga nima muomala qildi?» dedim. «U Illiyyunda, biz uni xuddi yulduzni koʻrgandek koʻrib turamiz, xolos», dedi».
U Basraga borib, buyuk imom Xalil ibn Ahmaddan arab tili baloǵatini, bu tilning sir-asrorlarini oʻrgangan. Fuzayl ibn Shozon aytadi: «Kisoiy qiroatni Hamzadan oʻtkazgach, sahroga chiqib, badaviylar bilan birga yashay boshladi. Soʻng yurtiga luǵat bilimdoni boʻlib qaytib keldi».
Nukks “Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy”
urta maxsus islom bilim yurti oqituvchisi Abdreymov Nurbol.