MUHAMMMAD IBN AHMAD AL-BERUNIY” ORTA ARNAWLÍ ISLAM BILIM JURTÍ

Bilim jurtında talabalar zaman talaplarına say bilim alıwı ushın barlıq qolaylıqlar jaratılǵan. Atap aytqanda, eń zamanagóy oqıw quralları menen támiyinlengen oqıw xanaları, málimleme-resurs orayı, dáretxana, asxana, jataqxana, sport zalı, mini futbol maydanshası, salamatlıq xanası, shashtárezxana bar.

“Quranı kárim hám tájwid” pullı oqıw kursları

Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń “Diniy-aǵartıwshılıq tarawınıń jumısın túpkilikli jetilistiriw ilajları haqqında”ǵı 2018-jıl 16-apreldegi PP-5416-sanlı Pármanı menen tastıyıqlanǵan ilajlar Baǵdarlamasınıń 6-bántinde belgilengen wazıypalardıń orınlanıwın támiyinlew maqsetinde Ózbekstan musılmanları mákemesiniń 2018-jıl 30-apreldegi 01A/056-sanlı buyrıǵı tastıyıqlanǵan. Usı múnásibet penen Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy medresesinde 2018-jıl 10-iyunnan baslap “Quranı kárim hám tájwid” úyretiw boyınsha pullı oqıw kursları shólkemlestirildi.

Málimleme resurs orayı

Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” orta arnawlı islam bilim jurtınıń málimleme resurs orayı fondında jámi 17756 kitap saqlanbaqta. Sonnan, 1505 ulıwma bilimlendiriw ádebiyatları, 4085 arnawlı pánlerden sabaqlıqlar, 764 sociyallıq-ekonomikalıq ádebiyatlar, 7340 ilimiy-ǵalabalıq ádebiyatlar, 919 elektron ádebiyatları quraydı.

Kurslar

2018-jıl 10-iyunnan baslap “Quranı kárim hám tájwid” úyretiw boyınsha pullı oqıw kursları shólkemlestirildi.

Talabalar

Búgingi kúnge kelip bilim jurtında 148 talabaǵa 21 oqıtıwshı tárepinen tálim-tárbiya berip kelinbekte.

Jetiskenliklerimiz

Bilim jurtı oqıtıwshıları hám talabaları ótkerilip kelinetuǵın túrli tańlawlarda qatnasıp joqarı orınlardı iyelep kelmekte.

Imom Termiziy yashab oʻtgan davrdagi muhaddislar haqida

Imom Termiziy yashab oʻtgan davrdagi muhaddislar haqida

Har qanday zamon va makon inson ilm deya atalmish nematni olishga muhtoj bólgan. Ilmiy kitoblarni óqimiz órganamiz ammo, ularning qay tarzda bizgacha yetib kelgani haqida fikr yuritmaymiz. Vaholanki, aynan biz yashab turgan Movarounnahr qadimda ilm óchoǵi bólgan. Uluǵ insonlarning hayotini órganar ekanmiz ular yozib qoldirgan ilmiy meroslarni bir kitob shakliga kelgan holatda kóramiz. Agar biz bu kitoblarga teran nazar tashlasak, bir olimning mashaqqatli mehnati mevasi ekanligini guvohi bólamiz. Mana shunday olimlardan biri Imom Termiziy va uning zamondoshlaridir.
Sahih hadis tóplash va ularni tartibga solish bóyicha nom qozongan abu Iso Termiziy milodiy 824 yilda Buǵ qishloǵida dunyoga kelgan. Yoshligidanoq hadis ilmiga kuchli qobilyati bólganligi tufayli, ilmning shu yolini puxta egallashga kirishdi. Manbalarga qaraganda u umrining salkam 30 yilini ilm yolida sarfladi. 30 yil muddat ichida dunyo tan olgan muhaddislar bilan birga bóldi. Imom Buxoriy, imom Muslim, abu Dovud va yana shu kabi yetuk ulamolar bilan birga bólgan. Tákidlash lozimki,ushbu ulamolarning orasida imom Termiziy bilan kóp vaqt ótkazganligi bilan ajralib turadigan imom Buxoriy alohida óringa ega. Albatta imom At-Termiziy Imom Muslim,Abu Dovud bilan ham uchrashgan bahs qilgan.Lekin hech qaysi bir olim bilan Imom Buxoriychalik yaqin bólmagan. Rivoyatlarga kóra abu iso Termiziy biron-bir hadisda sahihligini topa olmay ikkilanib qolsa Ismoil Muhammad bilan bahs qilar, bahs davomida hadis sahih yoki sahih emasligi yuzaga chiqar ekan.Xafiz Isardiy aytadi: abu Isodan hadis ahlining imomi Muhammad ibn Ismoil Buxoriy hadisi yozib olgan. Shuning ózi Termiziyning faxriga kifoya qiladi degan.Darhaqiqat muhaddislarning sultoni Muhammad ibn Ismoil ózi Termiziydan hadis rivoyat qilganligi Termiziyning naqadar ham ishonchli kishi ekanligiga dalildir. Imom Buxoriyning ózi Termiziyga baho berib aytadiki: Sen mendan foyda olganingdan kóra men sendan kóproq foyda oldim deydi. Bu ikki muhaddislarning bir-biriga bergan samimiy maqtovi bir-biriga bólgan hurmatidandir. Bu insonlarni nafaqat ilm balki, taqvo bobida ham yetuk insonlar bólgan. Umar ibn Alk : Muhammad ibn Ismoil Buxoriy vafot etgach, Xurosonda ilm va taqvo bobida abu Isoga teng keladigan zot bólmagan deydi. Imom Buxoriy vafot etganligi xabari Imom Termiziyga yetib borganida Termiziy kóp yiǵlaganligidan ikki kózi kórib bólib qolgan ekan.
Ushbu ulamolarning hayotining deyarli barcha qismi ilm yolida sarflandi.Shu bois ham Alloh ularga baraka berdi.Oradan 1200 yil ótsa hamki ularning ismini tilga olar ekanmiz hali hanuz faxr hissini tuyamiz. Ulamolarimizning hayoti haqidagi keng tushunchaga ega bólganimiz sayin ilm yolidan qanchalik toyilganligimizni anglab yetamiz. Alloh barchamizni ularga óxshashlikka va ular kabi ilmli bólishligiga muyassar qilsin.Amin

Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy órta maxsus islom bilim yurti óqituvchisi A.Sapashov