MUHAMMMAD IBN AHMAD AL-BERUNIY” ORTA ARNAWLÍ ISLAM BILIM JURTÍ

Bilim jurtında talabalar zaman talaplarına say bilim alıwı ushın barlıq qolaylıqlar jaratılǵan. Atap aytqanda, eń zamanagóy oqıw quralları menen támiyinlengen oqıw xanaları, málimleme-resurs orayı, dáretxana, asxana, jataqxana, sport zalı, mini futbol maydanshası, salamatlıq xanası, shashtárezxana bar.

“Quranı kárim hám tájwid” pullı oqıw kursları

Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń “Diniy-aǵartıwshılıq tarawınıń jumısın túpkilikli jetilistiriw ilajları haqqında”ǵı 2018-jıl 16-apreldegi PP-5416-sanlı Pármanı menen tastıyıqlanǵan ilajlar Baǵdarlamasınıń 6-bántinde belgilengen wazıypalardıń orınlanıwın támiyinlew maqsetinde Ózbekstan musılmanları mákemesiniń 2018-jıl 30-apreldegi 01A/056-sanlı buyrıǵı tastıyıqlanǵan. Usı múnásibet penen Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy medresesinde 2018-jıl 10-iyunnan baslap “Quranı kárim hám tájwid” úyretiw boyınsha pullı oqıw kursları shólkemlestirildi.

Málimleme resurs orayı

Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” orta arnawlı islam bilim jurtınıń málimleme resurs orayı fondında jámi 17756 kitap saqlanbaqta. Sonnan, 1505 ulıwma bilimlendiriw ádebiyatları, 4085 arnawlı pánlerden sabaqlıqlar, 764 sociyallıq-ekonomikalıq ádebiyatlar, 7340 ilimiy-ǵalabalıq ádebiyatlar, 919 elektron ádebiyatları quraydı.

Kurslar

2018-jıl 10-iyunnan baslap “Quranı kárim hám tájwid” úyretiw boyınsha pullı oqıw kursları shólkemlestirildi.

Talabalar

Búgingi kúnge kelip bilim jurtında 148 talabaǵa 21 oqıtıwshı tárepinen tálim-tárbiya berip kelinbekte.

Jetiskenliklerimiz

Bilim jurtı oqıtıwshıları hám talabaları ótkerilip kelinetuǵın túrli tańlawlarda qatnasıp joqarı orınlardı iyelep kelmekte.

Sunani Termiziy kitobiga yozilgan sharhlar haqida

Sunani Termiziy kitobiga yozilgan sharhlar haqida

   Buyuk allomalardan biri — mashhur muhaddis (hadis ilmi olimi) Abu Iso Muhammad at-Termiziyning toʻliq ismi Abu Iso Muhammad ibn Savra ibn Muso ibn ad-Dahhok as-Sullamiy (umrining oxirlarida koʻzi ojiz boʻlib qolganligidan ad-Dariyr taxallusi bilan ham atalgan) at-Termiziy boʻlib, u hijriy hisobda 209 (milodiy 824) yilda Termizda, uncha badavlat boʻlmagan oilada tavallud topdi. Uning yoshlik yillari Termiz shahrida oʻtib, dastlabki malumotni ham shu shaharda olgan. Bolaligidan oʻta ziyrakligi, yodlash qobiliyatining kuchliligi va noyob qobiliyati bilan oʻz tengqurlaridan ajralib turgan at-Termiziy diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan egallagan va bu boradagi oʻz bilimlarini muttasil oshirish uchun koʻpgina Sharq mamlakatlarini ziyorat qilgan. Jumladan, u uzoq yillar Iroqda, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan.

   Imom Termiziyning yozgan asarlari juda koʻp, lekin ular ichida eng taniqlisi va shoh asari "Sunani Termiziydir". Muhaddis kitoblarini 51 ta mavzuga boʻlganlar. Mavzular ichidagi jami boblar soni 2231 tani tashkil qiladi. Hadislar soni esa 3956 tadir. Turli xil nusxalar etiboridan farqlanishi mumkin. Imom Termiziy bu kitobdagi uslublari birinchi hadisni keltiradilar keyin fiqhiy hukmga aloqador masalalarni keltirib, olimlarning shu borasida qanday yol tutganini ham yoritib oʻtadilar. Qolaversa oʻsha hadisga sahih, hasan, zaif deb darajasini va boshqa roviylar rivoyat qilgan yollarini ham keltirgan. Bu uslublari orqali ustozlari Imom Buxoriyning hadisning fiqhini bayon qilish yolini tutgan.

    "Sunani Termiziy" — 6 ta ishonchli hadis toʻplamidan biri. Abu Iso Muhammad Termiziy yozgan. "alJomiʼ assaqih" ("Ishonarli toʻplam"), "alJomiʼ ulkabir" ("Katta toʻplam") nomlari bilan ham yuritiladi. " Sunani Termiziy" Termiziyning 20yil davomida oʻzga yurtlarda hadislarni oʻrganib, yiǵib, soʻng ustozi va zamondoshi Buxoriy bilan maslahatlashib yiqqan toʻplamidir. U tartibi eng ixchamligi, takrori eng ozligi bilan ajralib turadi. Unda boshqa hadis kitoblarida uchramaydigan xususiyatlar bor. Hadis toʻplamlari ichida oʻzining hadis borasida barcha ilmlarni qamrab olishi bilan ajralib turadigan eng mashhur asar – “Sunani Termiziy”dir.

Sunani Termiziyning ushbu asari

1. Sahihut termiziy

2. Al-Jami as-sahih

3. Al-Jomiul kabir

4. Sunan yoki Sunani Termiziy

5. Al-Jome yoki JomiutTermiziy degan nomlari bilan mashur boʻlgan.

     Unga milodiy XIX XX asrlarda yozilgan eng mashhur sharhlar va hoshiyalarni quyida zikr qilamiz: 

   1.“Hoshiyatun ala Jaami’ Termiziy”. Shayx Ahmad ibn Aliy ibn Lutfulloh As-sahoronfuriy (1879v)

  •  “Jaizatush shavaziy sharhi Jaami’ Termiziy”. Shayx Badiuzzamon ibn Masihuz-zamon Al-laknaviy (1986v). Bu kitob qisqa sharhi bilan birga Sunani Termiziyning urdu tiliga tarjimasi hisoblanadi.
  • “Alkavkobud durriy ala Jaami Termiziy” Shayx Muhammad Yahyo Kandehlaviy (1915v). Bu kitob Shayx Rashid Ahmad Ganguhiy rohmatullohi alayhning tahqiqlari va malumotlari majmuasi boʻlib oʻzida Jomi Termiziyning hadislari va sanaddagi rijollar haqida koʻp foydalarni va qiymatli nozik tafsilotlarni qamrab olgan. Bu kitob nashr qilingan
  • “Takmilatu sharhi Jaami termiziy lishshayx Baadiuzzamon” Shayx Vahiyduzzamon ibn Masihuz-zamon Al-laknaviy (1919v)
  • “Taqrirotu ala sunani termiziy” Shayx Mahmud Hasan ibn Zulfiqor Ad-devbandiy (1920v)
  • “Al-arfush shaziy ala Jaami Termiziy”, Shayx Muhammad Anvar Shoh Kashmiriy (1933v). Bu asar Sunani Termiziy hadis majlisida shayx tomonidan yoizb olingan imlo sharhlaridir.
  • “Tuhfatul ahvaziy bisharhi Jaami Termiziy”, Shayx Muhammad Abdurrohman Al-Muborakfuriy (1934v).
  • “At-tiybush shaziy ala Jaami Termiziy” Shayx Ishfoqur Rohman Kandehlaviy (1957v). Bu asar oxirigacha yozib tugatilmagan, namoz boblarining oxirigacha yozilgan. Bir jild holida nashr qilingan.
  • “Maarifus Sunan sharhu Sunani Termiziy”, Shayx Muhammad Yusuf Bannuriy (1976v). Shayxi Muhammad Anvarshoh Kashmiriy rohmatullohi alayhdan olgan malumotlar asosida talif qilgan. Bu sharh juda ham manfaatli yaxshi sharhlardan hisoblanadi, lekin bu sharh ham oxirigacha yetmagan. Shorih rohmatullohi alayh “haj boblari” oxirigacha yozib tugatgan xolos. Bu asar olti mujallad qilib chop qilingan
  • “Sharhi Jaami Termiziy”, Shayx Abdulqodir ibn Ismoil Alhusniy Alqodiriy.
  • “Ithafut tolibil ahvaziy bisharhi Jaami Termiziy”, Shayx Muhammad ibn Ali ibn Odam Al-asyubiy Al-vallaviy (2020v). Bu sharh ham “Sunani Termiziy”ga yozilgan eng foydali sharhlaridan boʻlib muallif rohmatullohi alayh bu sharhni yozishda ǵoriybul hadisga, hadis manolarini izohlashga, hadisdan istinbot qilinadigan fiqhiy masalalarni ochiqlashga, hadisga xos boʻlgan foydalarni, nozik manolarni zikr qilishga va Imom Termiziy rohmatullohi alayhnning: “ “و في الباب عن فلان degan qavllarini tafsir qilishga katta etibor qaratgan.
  • “Tuhfatul almaiy sharhi Sunani Termiziy”, Shayx Muftiy Said Ahmad Palanfuriy (2019v) Bu kitob urdu tilida keng bayon qilingan asar boʻlib, muallif rohmatullohi alayhning “Darul ulum Devband” dagi masjidda imlo qilib bergan darslaridan jamlanib kitob holiga keltirilgan. Bu asar katta sakkiz jildlik kitob qilib nashr qilingan.
  • “Darsi Termiziy” Alloma shayx Muhammad Taqiy Usmoniy. Bu asar “Karachidagi islomiy ilmlar markazi”dagi Sunani Termiziydan qilgan imlo holatida oʻtilgan darslarining majmuasidir. Shayx Taqiy Usmoniy hafizahullohning shogirdlaridan biri bu majmuani tahqiq qilib, taliq qilib jamlagan. Bu asar oʻzida ilmiy nodir qimmatli malumotlarni jamlaydi. Hozirda chop qilingani uchta jild boʻlgan. Agar hamma darslari jam qilinib nashr qilinsa olti jild yoki undan koʻproq boʻlishi mumkin.
  • “Taqrirut termiziy” Bu asar ham alloma Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahullohning qalamiga mansub boʻlib, dars holatida oʻtilgan. Bu asarga Sunani Termiziyning “Savdolar bobi” dan boshlanib “Libos bobi” gacha boʻlgan sharhlari kiritilgan, lekin bu asar hali hanuz qoʻlyozma holida saqlanmoqda.

         Yuqorida zikr qilingan asarlar XIX XX asrlarda “Sunani Termiziy”ga yozilgan eng mashhur sharh va hoshiyalardir hisoblanadi.

Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy

orta maxsus islom bilim yurti oʻqitivchisi

 Sabirbaev Ilyas Asematdinovich