Qabristonni ziyorat qilishdan asosiy maqsad oʻlimni, oxiratni, hisob-kitobni eslash va shu kunga tayyorgarlik koʻrishga raǵbatni oshirishdir. Oqil kishi qabriston ziyoratidan dunyoning foniy ekanligi, inson kim boʻlishidan qatiy nazar bir kun kelib tuproqqa qoʻyilishi va tirikligida qilgan barcha ishlari uchun xisob kitob qilinishini mulohaza qiladi. Shundan xulosa olib, dunyoning zebu ziynatlariga berilmay, oxirat tadorigini koʻrishga intiladi. Xoʻsh, bu ish shariatga toʻǵri keladimi? Agar toʻǵri kelsa, uning hukmi nima, bu borada biror koʻrsatma kelganmi? Bu kabi savollarga kuyida javob olamiz.
"Ulamolar qabrlarni ziyorat qilish sunnat ekaniga ittifoq qilishgan.
Abu Xurayra roziyalloxu anxudan rivoyat qilingan xadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam mana bunday deganlar:
"Qabrlarni ziyorat qilinglar. Chunki bu oʻlimni eslatadi".
Malumki, yurtimiz qadimdan ulamolarga beshik boʻlgan. Dunyoga dars bergan zabardast ulamolar shu darajada koʻp chiqqanki, buni nafaqat musulmonlar, balki ǵayridinlar ham etirof etishadi. Buning sa- marasi oʻlaroq, xalqimiz azaldan ulamolarni xox ti- riklari boʻlsin, xoh oʻtganlari boʻlsin ehtirom qilib keladi. Bugungi kunda avom xalq din ilmidan, Islom- ning asosiy arkonlaridan uzoqlashgan boʻlsada, qabrlarni xususan, avliyolar, oʻtgan aziz zotlarni maqbaralarini ziyorat qilishga harisligi soʻnmagan. Ammo mazhabni inkor qiluvchi, ulamolarga nisbatan beodobchilikni ochiqdan-ochiq izhor qiluvchi toifalar odamlarning bunday ishlarini jaholat, sunnatga ergashmaslik va gumrohlik deb hisoblaydilar. Ularning bu iddaolari qay darajada toʻǵri? Oʻtgan uluǵ zotlarni kabrlarini ziyorat kilish joizmasmi? Payǵambarimiz alayhissalomdan, salafu solihlardan bu haqda biror koʻrsatma kelmaganmi? Kuyida ushbu savollarga javob topishga harakat qilamiz.
"Nabiy sollalloxu alayxi vasallam har yili Uxud shahidlarini qabrlarini ziyorat kilar edilar"
Islom tarixidan bizga malumki, Uxud jangi musulmonlar uchun juda katta ahamiyatga egadir. Chunki bu jangda musulmonlar engilgandek koʻrinsada, ammo to qiyomatgacha eslasa yuraklarni larzaga keltiradigan voqea-hodisalar boʻlib oʻtgan. Shulardan biri Payǵambarimiz alayhissalomning amakilari Hazrati Hamza roziyallohu anhuning shahid boʻlishlaridir. Payǵambarimiz alayhissalom bundan juda oǵir qayǵuga botganlar. Mazkur hadisda Nabiy sollalloxu alayxi vasal- lam ana shu jangda shahid boʻlgan sahobai kiromlarni har yili ziyorat qilishlari bayon qilinmoqda.
Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy oʻrta maxsus islo bilim yurti oʻqituvchisi Narmanov Manas