Ассалаўма алейкум

ѲЗБЕКСТАН МУСЫЛМАНЛАРЫ БАСҚАРМАСЫ

“МУҲАММАД ИБН АҲМАД АЛ-БЕРУНИЙ”

орта арнаўлы ислам билим журтының рәсмий веб-сайтына хош келдиңиз

Елимизде Ғәрезсизлигимиз шарапаты менен зия ҳәм мәрипат ошағы болған мешит ҳәм медреселер өз жумысын баслап, халқымыздың руўхый тәрептен болған мүтәжликлерине мүнәсиб тәризде хызмет етип киятыр. ...

Mahmud Az-Zamaxshariy

94
28 Апрел 2020

Dunyoda tillar ko`p, shevalar , lahjalar bisyor. Lekin shunday bo`lsa-da , har birining o`zgacha tarovati, o`zgacha jozibasi bor. Bugun biz fikr yuritmoqchi bo`lgan tilimiz – arab tilidir. Qadimiy tillar sarasiga kiruvchi ushbu Arab tili, boshqa qadimiy tillardan so`z boyligi, yozilish uslublarining go`zalligi bilan ajamiy tillardan ajralibgina qolmay, Islom dinining muqaddas kitobi Qur’oni karim ham ushbu tilda nozil bo`lgan. Shu o`rinda arab tilining asosiy manbasi bo`lgan Qur’oni karimning, shu’aro surasi 195- oyatida arab tilining bayon etilish uslubiga ko`ra: “ Ochiq-oydin arab tilida.”- deb ta’rif berilgan.

Arab tili kelib chiqishi jihatidan “somiy” tillar oilasiga mansub tillardan hisoblanib, bugungi kunimizda yigirmadan oshiqroq mamlakatlarning davlat tilidir. Arab tilida Yaqin va O`rta Sharq (Saudiya Arabistoni yarim oroli, Suriya, Iroq, Livan,Yaman va hokazo), Afrikaning Shimolidagi (Misr, Niger, Kamerun va hokazo) aholisi so`zlashadi. Klassik arab tili hozirgi zamonaviy so`zlashuv arab tilidan anchagina farq qilsa-da, rasmiy telekanallar, nashrlarda hamon mumtoz arab tilidan foydalaniladi.

Mumtoz arab tili haqida gap borar ekan, shu o`rinda buyuk bobokalonimiz Abu Qosim Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlarini arab tilining rivojlanishiga qo`shgan ulkan hissalarini, yozgan buyuk ilmiy kitoblarini eslab o`tsak va naqadar Allohning rahmati yog`ilgan bir go`zal yurtda tug`ulibgina qolmasdan, mana shunday zabardast, ulug` va mutafakkir zotlarning avlodi bo`lib dunyoga kelganimizga har qancha shukur qilib o`tsak ozdir.

Qosimning otasi deya nisbat berilgan bu ulug` zotning asl ismi Abu Qosim Mahmud ibn Umar Az-Zamaxshariydir. Olim hozirgi Xorazm viloyati Qo`shko`pir tumani hududida bo`lgan, eskitda Zamaxshar deb atalgan qishloqda, 1075-yilning 19-mart kuni dunyoga kelgan.

Uning otasining ismi Umar bo`lib, o`sha davrning boy bo`lmagan o`rtahol kishilaridan edi. Ko`p vaqtini Qur’on tilovati ila mashg`ul bo`lishidan uning savodli, diyonatli, taqvoli ekanligi sezilib turardi. Namozlarini Zamaxshardagi bir masjidda imom bo`lgan holida qoyim qilardi. Farzandiga kelajakda olim bo`lib yetishishiga tamal toshini qo`yib bergan, uni haqqiga ko`pdan-ko`p va uzundan-uzun duolar qilgan kishilardan biri edi. Onasi ham otasiga monand taqvoli, dindor, soliha ayollardan edi.

Mahmud Az-Zamaxshariy bolalik chog`laridanoq ilmga tashna, aqlli, ziyrak bola bo`lib o`sdi. Yoshligida ro`y bergan baxtsiz hodisa tufayli, u bir oyog`idan ayrilib qoldi. Bo`lgan voqeadan uning ota-onasi juda ta’sirlanib, bolasining kelajagi haqida qayg`urishar edi. Otasi: “endi o`g`lim og`ir mehnatga yaramaydi, mendan so`ng muhtojlik ko`rmasin”- deb, Mahmudni kiyim tikish ustaxonasiga , shogirdlikka bermoqchi bo`ladi. Ammo bo`lajak alloma otasidan, “ta’lim olish uchun meni madrasaga bersangiz”- deb iltimos qiladi. Shu tariqa, Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari otasining roziligi bilan, Buxoroi sharifdagi madrasaga o`qishga jo`naydi.

Tarix kitoblarida, tarixchilar Mahmud Az-Zamaxshariy haqlarida shunday deb keltirishadi: “Bir oyog`i yog`ochdan edi, uzun yaktak kiygani uchun , ko`rgan odam uni cho`loq deb o`ylardi”. Haqiqatda bo`lajak olimni bir oyog`i kesilishi, uni ilm deb atalgan mashaqqatli yo`lda, zafar quchib yurishdan charchatmadi va o`zi orzu qilgan martabaga erishdi.

Mahmud Az-Zamaxshariy madrasaga o`qishga kirgungacha ham, tolibi ilmlar ichida, o`zining fanlarning turli sohalariga bo`lgan qiziqishi va o`tilgan darslarning puxta o`zlashtirishi orqali ham tengqurlari ichida e’tiborli edi. U, ayniqsa, diniy fanlarga, xususan arab tili va adabiyotiga o`zgacha mehr, bor kuch va quvvatini sarfladi. Hattoki, o`sha paytlarda xattotlikni yaxshi o`rganganidan, hayotiy ehtiyojlari uchun kerak bo`ladigan mablag`ni ham o`zi ishlab topardi. Uni tirishqoqligi, ilmga bo`lgan muhabbati va sarflayotgan kuch-quvvati besamar ketmayotganidan dalolat berib turar edi. Mana shu intilishlari, orzu va umidlari, uni, balki Buxoroi sharifdagi madrasaga boshlab kelgan bo`lsa ajab emas!

Mahmud Az-Zamaxshariy madrasada diniy bilim oldi va o`zida bor bo`lgan bilimlarini mukammallashtirib bordi. Madrasani tugatib qaytgan yillari u Xorazmshohlar xizmatiga bel bog`ladi. Hukmdorlar bilan yaqin munosabat shakllantirishga urinib ko`rdi. Lekin Mahmudning bilimiga, ko`rgan shuncha yillik ta’limiga hukumat raislari tarafidan, kotiblikdan boshqasi e’tiborli ko`rilmagach, bir necha yillik xizmatdan keyin u saroydan bosh olib ketdi. 1118-yilda qattiq betob bo`lib qoldi. Kasallikdan forig` bo`lgach, hukmdorlarning xizmati-yu, hashamatli saroylarda hayot kechirishdan batamom voz kechdi.

Umrining qolgan qismini ilm olishga, komil inson siymosida o`zini ko`rishga, fanlarni rivojlantirishga, yozilgan asarlarni sinchiklab o`rganishga astoydil qasd qildi.

Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari Buxoroi sharifdagi madrasani tamomlagandan so`ng, ilk bor ilm talabida, avval Marv, so`ng Nishopur, Isfahon, Shom (hozzirgi Suriya davlati), o`sha davrning markaz shaharlaridan bo`lgan Bag`dod, Hirot ( hozzirgi Afg`oniston islom respublikasi), Hijoz ( ikki marta) va Makkai mukarramaga safar qildi va o`sha yurtlarda umr guzaronlik qilib, arab tili va adabiyoti, diniy ilmlar: aqoid, fiqh, balog`at, hadis kabi va yana xattotlik san’atini mukammal darajada o`rgandi. Arab tili va adabiyotiga bo`lgan kuchli muhabbati tufayli, arab dunyosida avloddan avlodga o`tib kelayotgan maqollar, urf-odatlarni chuqur tahlil qilishiga sababchi bo`ldi. Alloma juda ko`plab ilmiy ishlar, tahliliy izlanishlar olib borib, 50 dan ortiq turli sohalarga bog`liq bo`lgan ilmiy kitoblar yaratdi.

Maxmud Az-Zamaxshariy hazratlari Makka shahrida yashagan vaqtlarida, sermahsul ijod qildi. Mintaqa geografiyasiga oid juda ko`plab, xilma-xil ma’lumotlarni to`pladi. Alloma bundan tashqari, mahalliy qabilalarning lahjalarini o`rganib chiqdi. U Makkada 5 yil hayot kechirdi va ko`plab asarlari aynan shu yerda dunyo yuzini ko`rdi. Shu boisdan ham Makka tuprog`i olimning ko`nglida juda chuqur iz qoldirgan va insonlar tarafidan “Jarullohi”, ya’ni “Allohning qo`shnisi ” degan yuksak nomga sazovor bo`ladi.

Hazratning asarlari haqida suhbatlashishdan oldin, bu ulug` zotning ustozlari haqida ham qisqacha ma’lumot olsak.

Albatta, allomaning mana shunday yuksak marralarni zabt etishida, o`z davrining ilmlarini puxta egallashida va kelajakda yetuk olim bo`lib yetishib chiqishida uning ustozlarini o`rni benihoya katta bo`lgan.

Ana shunday ustozlaridan biri – til, lug`at va adabiyot sohasida mashhur olim Abu Mudar Mahmud ibn Jarir Dabbiy Isfahoniydir. Isfahoniy ham Xorazmda bir qancha muddat yashagan. Bu o`lkada mu’taziliylar ta’limotining joriy bo`lishi ham ana o`sha Isfahoniy nomi bilan bog`liqdir. Isfahoniy Urganchda kuchli mu’tazila maktabini ochgan. Mahmud esa ustozining diniy qarashlarini qo`llab-quvvatlagan.

Mahmud Az-Zamaxshariyning yana bir qancha ustozlari Abu Mansur Nasr Xorisiy, Abu Saad Shaqqoniy, Abul Xattob ibn Batar kabi o`z davrining mashhur olimlaridan hadis ilmidan tahsil oldi. Makka shahrida o`qib yurgan davrlarida esa naxv va fiqh bo`yicha ilmni Abu Bakr Abdulloh ibn Talxat ibn Muhammad ibn Abdulloh Yabiriy Andalusiy, shayh Sadid Xayatiy, lug`at ilmini esa Abu Mansur Mavhub ibn Xadar Javloqiydek mashhur olimlardan oldi.

O`z davrining yirik olimi darajasiga ko`tarilgach, Zamaxshariy hazratlarining Xorazmda ham, Sharqning boshqa ko`pgina shaharlarida ham ko`pdan-ko`p shogirdlar bor edi va alloma ko`p vaqtini ular bilan o`tkazar edi. Qarindosh- urug`larninga tanqid va qistovlariga qaramasdan, umri davomida bir marta ham uylanmadi. Ilmiy asarlar yaratishni va munosib shogirdlar tayyorlashni, farzand o`stirishdan muhim deb hisobladi.

Shuning uchun bo`lsa kerak,Maxmud Az-Zamaxshariy hazratlari “Arab va arab bo`lmaganlarning ustozi”, “ Xorazm faxri” kabi sharafli nomlar bilan ulug`langan.

Olim arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag`ishlangan “Al-Mufassal”, Qur’oni karim tafsiriga oid “Al-Kashshof” kabi asarlari, butun musulmon dunyosida juda ham mashhurdir. Qohiradagi mashhur Al-Azhar diniy dorulfununining tolibi ilmlari ayni vaqtgacha ham “Al-Kashshof” asari asosida Qur’oni karimni o`rganib kelishmoqda. Buyuk olim, filolog va jug`rofiy fanlar bilimdoni Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari Makka shahridan Xorazm diyoriga qaytib, bir necha yil shu yerda yashadi. Alloma 1144-yil 14-aprelda bu yorug` olamni tark etadi.

Lekin shunday bo`lsada,Mahmud Az-Zamaxshariyning hayoti tarix sahifalarida, buyuk asarlari bilan o`chmas iz qoldirdi. Kelajak avlodga haqiqiy olim qanday bo`lishi kerakligini, o`zining sa’y-harakatlari bilan, ilm yo`lidagi chekkan mashaqqatlari bilan, o`z yurtidan ayro bo`lsa ham maqsadlari tomon olg`a qadam bosishi bilan ko`rsatib bera oldi.

1333- yilda Xorazmga safar qilgan, mashhur arab sayyohi ibn Battuta (1304-1377) “Ar-Rixla”, ya’ni “Sayohatnoma” asarida, Zamaxshariyning ustida qubbasi bo`lgan maqbarasini ko`rganligi haqida yozadi.

Buyuk mutafakkir olim Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari arab tili grammatikasi, lug`atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, geografiya, tafsir, hadis va fiqhga doir ellikdan ortiq asarlar yozgan. Ammo ushbu asarlardan kam sonlisi bizning davrgacha yetib kelgan. Zamaxshariy hazratlari “Al-Mufassal” asarini 1121- yilda Makka shahrida istiqomat qilgan paytlari, bir yarim yil mobaynida yozib tugatgan.

Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari xorazmshohlardan bo`lgan Alouddin Abdulmuzaffar Otsizga bag`ishlab, “Muqaddamat ul-adab” asarini yozadi. Xorazmshohlar davrida mintaqada ilm-fan, madaniyat ancha taraqqiyotga erishgan edi. Hukmdorlar, ayniqsa Otsiz olim, shoiru adiblarga ancha hurmat bilan qarar, o`zi ham iste’dodli, ma’rifatparvar, adabiyotning chin ixlosmandlaridan edi. U yashagan davrda ilm-fan yuqori darajaga yetganidan bo`lsa kerak, Zamaxshariy hazratlari “Muqaddamat ul-adab” asarini unga bag`ishlab yozdi.

“Muqaddamat ul-adab” kitobi besh katta qismga bo`lingan bo`lib, o`z ichiga otlar, fe’llar, bog`lovchilar, ot o`zgarishlari va fe’l o`zgarishlari haqidagi ma’lumotlarni oladi. Asar 1137- yilda yozib tugallangan.

Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari o`z asarlarida o`sha davrdagi arab tilida iste’molda bo`lgan barcha so`zlar, iboralarni keng ochib berishga harakat qilgan. So`zlarning etimologiyasiga katta e’tibor qaratadi. Shu boisdan, Zamaxshariyning ushbu asarini, mazkur yo`nalishdagi dastlabki asarlardan deyishga to`la haqlimiz. “Muqaddamat ul-adab”ning arab, fors, turkiy, mo`g`uliy lug`atlar kiritilgan nusxalari ham mavjud.

Alloma Makka amiri, olim va adib Abul Hasan ibn Hamza ibn Vaxxos As-Sulaymoniy bilan do`st edi. Ibn Vaxxosdan olgan ma’lumotlariga asoslanib, Hijozga qilgan safari davomida “Kitob ul-jibol val-amkina val-miyoh”, ya’ni “Tog`lar, joylar va suvlar haqida kitob” nomli asar yozib, unda joylar, tog`lar va dengizlar haqida qimmatli ma’lumotlar keltiradi.

Olim adabiyot, tafsir, hadis, fiqhga doir mukammal asarlar yaratdi.

Allomaning “Asos ul-balog`a”, ya’ni “Balog`at asoslari” asari, asosan lug`atshunoslikka bag`ishlanadi. Ushbu asarda arab tilining mukammalligi, fasoxati borasida so`z boradi. Fikrni chiroyli tarzda ifodalash, so`z boyligidan to`g`ri foydalanish uchun kishida fasoxat, balog`at ilmlari bo`lishi kerak. Buning uchun so`zni o`z o`rnida ishlata bilish va qoidalarga muvofiq yozish ham kerak bo`lgan. Bu asarda badiiylikning asosiy qismi frazeologik so`z birikmalari va ularni amalda tatbiq etish yo`llari chuqur tahlil qilingan.

“ Atvoq uz-zahab fil-mavoiz val-xutab”, ya’ni “O`git va nasihatlarning oltin shodalari” asari nasihatomuz maqolalar to`plamidan iborat. Asar birinchi marta 1885-yil Olmoniya olimi Fon Xomir tomonidan nemischaga tarjima qilinib, arabcha matni bilan birga keltiradi.

Zamaxshariy hazratlarining “Robi ul-abror va nusus ul-axyor”,ya’ni “ Yaxshilar bahori va fozillar axbori” asarida adabiyot, tarix va boshqa fanlarga oid hikoyalar, latifalar, suhbatlarning eng saralari jamlangan, 97 bobdan iborat bu asarning nodir bir qo`lyozma nusxasi Toshkentda, O`zR FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Bundan tashqari, Leydin, Berlin kutubxonalarida ham qo`lyozmalari mavjud.

Mahmud Az-Zamaxshariyning g`oyatda keng tarqalgan mashhur “Kashshof an xaqoiq it-tanzil va uyun laqovil fiy vujuh it-tavil”,ya’ni “Qur’on haqiqatlari va uni sharhlash orqali so`zlar ko`zlarini ochish” asari Qur’on tafsiriga bag`ishlangan. “Kashshof” asarini Mahmud Az-Zamaxshariy Makkada turgan paytida, uch yil davomida 1132 - yildan boshlab, 1134 - yilgacha yozib tugatadi.

Xulosa qilib aytganda, buyuk bobokalonimiz Az-Zamaxshariy hazratlari chin ma’noda, bizlar uchun katta ibrat maktabini yaratdi. Minglab o`zbek yoshlarining qalbida ilmga bo`lgan intilishini yanada jonlantirishiga turtki bo`ladigan, benazir ilmiy meros qoldirdi. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, ko`p allomalar qatori Az-Zamaxshariy hazratlarining nomlari ham abadiylashtirildi. U zotning yozgan asarlarini o`rganish bugungi kunimizda ham davom etmoqda.

Nukus Muhammad ibn Ahmad al Beruniy o'rta maxsus islom bilim yurti 3-bosqich talabasi Qarchiyev Oybek


  • Автор: Админ
  • 28 Апрел 2020
  • 1
  • 1368

Жеке пикир

Ҳикметлер гүлдәстеси