“MUHAMMAD IBN AHMAD AL-BERUNIY” O‘RTA MAXSUS ISLOM BILIM YURTI

Bilim yurtida talabalar zamon talablariga mos bilim olishi uchun barcha qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Xususan, eng zamonaviy o‘quv qurollari bilan jihozlangan o‘quv xonalari, axborot-resurs markazi, tahoratxona, oshxona, yotoqxona, sport zali, mini futbol maydonchasi, salomatlik xonasi, sartaroshxona talabalar ixtiyorida.

“Qur’oni karim va tajvid” pullik o‘quv kurslari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma`rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 16 apreldagi PF-5416-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturining 6-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2018 yil 30 apreldagi 01A/056-sonli buyrug‘i tasdiqlandi. Shu munosabat bilan Muhammad ibn Ahmad al-Bernuiy o‘rta maaxsus islom bilim yurtida 2018 yil 10 iyundan boshlab “Qur’oni karim va tajvid” o‘rgatish bo‘yicha pullik o‘quv kurslari tashkil etildi.

Axborot resurs markazi

“Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” orta maxsus islom bilim yurti axborot resurs markazi fondida jami 17756 ta kitob saqlanmoqda. Shundan, 1505 umumta`lim adabiyotlari, 4085 ta maxsus fanlardan darslar, 764 ijtimoiy-iqtisodiy adabiyotlar, 7340 ta ilmiy-ommabop adabiyotlar, 919 ta elektron adabiyotlarni tashkil etadi.

Kurslar

2018-jıl 10-iyunnan baslap “Quranı kárim hám tájwid” úyretiw boyınsha pullı oqıw kursları shólkemlestirildi.

Talabalar

Búgingi kúnge kelip bilim jurtında 148 talabaǵa 21 oqıtıwshı tárepinen tálim-tárbiya berip kelinbekte.

Jetiskenliklerimiz

Bilim jurtı oqıtıwshıları hám talabaları ótkerilip kelinetuǵın túrli taǹlawlarda qatnasıp joqarı orınlardı iyelep kelmekte.

Madrasa haqida

“MUHAMMAD IBN AHMAD AL-BERUNIY” O‘RTA MAXSUS ISLOM BILIM YURTI

Nukus shahridagi “Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” o‘rta maxsus islom bilim yurti 1992 yildan o‘z faoliyatini boshlagan va unga buyuk alloma, tarix, geografiya, filologiya, astronomiya, matematika, geodeziya, mineralogiya, farmakologiya, geologiya va boshqa ko‘plab fanlarga oid qomusiy asarlar muallifi, O‘rta Sharqda ilk bor Yer Quyosh atrofida aylanishi mumkinligini aytib, Yerning aylana o‘lchamini aniqlagan olim Muhammad ibn Ahmad al-Beruniyning nomi berilgan.

Bilim yurtida talabalar zamon talablariga mos bilim olishi uchun barcha qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Xususan, eng zamonaviy o‘quv qurollari bilan jihozlangan o‘quv xonalari, axborot-resurs markazi, tahoratxona, oshxona, yotoqxona, sport zali, mini futbol maydonchasi, salomatlik xonasi, sartaroshxona talabalar ixtiyorida.

Bugungi kunga kelib bilim yurtida 148 nafar talabaga 21 nafar o‘qituvchi tomonidan ta’lim-tarbiya berib kelinmoqda.

Bilim yurtida ta’lim olayotgan talabalarga maxsus diniy fanlardan tashqari, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar, tabiiy fanlar, aniq fanlar va shu bilan bir qatorda hozirgi vaqtda dunyoda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, Vatanimiz tarixida iz qoldirgan ulug‘ mutafakkir olimlar, ularning asarlarining bugungi kundagi ahamiyati haqida ham maxsus darslar o‘tiladi.

Bilim yurti o‘qituvchilari va talabalari O‘zbekiston miqyosidagi diniy bilim yurtlari o‘rtasida o‘tkazilib kelinadigan turli tanlovlarda, bellashuvlarda va sport musobaqalarida munosib qatnashib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

Jumladan, bilim yurti talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi masjid va madrasalar o‘rtasida diniy-ma’rifiy sohani yanada rivojlantirish maqsadida har yili tashkil etiladigan “Sarhisob” tanlovida 2014–2017 yillari “Radio yo‘nalishi bo‘yicha” faxrli 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2020 yili esa «Televidenie yo‘nalishi bo‘yicha» «Odoblar xazinasi» ko‘rsatuvi faxrli 2-o‘ringa munosib deb topildi.

Diniy bilim yurtlari talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan “Barkamol avlod–2017”, “Barkamol avlod–2019” sport musobaqalarida bilim yurti talabalari jamoviy hisobda birinchi o‘rinni egallashga muyassar bo‘lgan bo‘lsa, “Barkamol avlod–2022” sport musobaqalarida bilim yurti faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Diniy bilim yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Biz yoshlar yot g’oyalarga qarshimiz–2017” intellektual bellashuvida ham talabalarimiz faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishgan.

Bilim yurti bitiruvchisi Yo‘ldashboy Nuriddinov bir necha bor diniy bilim muassasalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Qur’on musobaqalari g‘olibi, 2013 yili Quvayt davlatida bo‘lib o‘tgan xalqaro Qur’on musobaqasining 7-o‘rin egasi, Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazilgan «O‘zbekiston Qur’on musobaqasi–2018» tanlovining gran-pri sohibi, Prezident sovg‘asi g‘olibi ekanligi bilan doimo faxrlanamiz.

2022 yili o‘rta maxsus va oliy diniy ta’lim muassasalari o‘rtasida «Vatanni sevish iymondandir» mavzusidagi insholar tanlovida bilim yurti talabasi A.Atamuratov faxrli 3-o‘rinni egallashga muyassar bo‘ldi.

O‘tgan yillar davomida bilim yurti mudarrislaridan 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Qoraqalpog‘iston xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.